Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madonna o‘zidan 36 yosh kichik yigiti bilan tug‘ilgan kun nishonladi

Madonna o‘zidan 36 yosh kichik yigiti bilan tug‘ilgan kun nishonladi

Amerikalik taniqli qo‘shiqchi Madonna 63 yoshini do‘stlari davrasida nishonladi va bu haqdagi suratlarini Instagram sahifasiga joyladi.

Uning yonida 27 yoshli raqqos Alxamalik Uilyams sevgilisi sifatida suratga tushgan. Madonna ko‘k rangli Versace ko‘ylagida mehmonlar bilan tug‘ilgan kunini nishonlagan.

Bayramda Madonnaning farzandlari: 24 yoshli Lurdes va 21 yoshli Rokko (otasi taniqli rejissyor Gay Ritchi) hamda asrab olingan Jeyms, Devid, Stella, Ester ham qatnashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring