Madaniyat vazirining xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi yo‘lovchini urib yuborgani aytilayotgan videolavha tarqaldi.
Vazirlik axborot xizmati mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, hodisa joriy yilning 16-fevral kuni Andijon viloyati Qorasuv shahrida sodir bo‘lganini tasdiqladi.
Ma’lum qiliniishcha, jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan va shifokorlar unga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Tekshiruvlar natijasida yo‘lovchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy, xavotirli holat yo‘qligi aniqlangan.
«Zaruratga ko‘ra, albatta, bu borada yana qo‘shimcha axborot beriladi. Shu o‘rinda, yurtdoshlarimizdan yo‘lda harakatlanish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz», – deyiladi vazirlik munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter