Lukashenko o‘zini va Putinni «sayyoradagi eng zaharli odamlar» deb atadi
Kecha Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng G‘arbning ularning siyosatiga nisbatan tanqidiga javob berib, ularning ikkalasi «sayyoradagi eng zaharli odamlar» ekanini aytdi.
«[Путин билан] ikkimiz hamagressorlarmiz, biz bu sayyoradagi eng zararli va zaharli insonlarmiz», – deydi Lukashenko.
Avvalroq, Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralarining asosiy mavzulari energiya resurslari emas, balki sanoatni rivojlantirish va Ittifoq bozoridagi teng mehnat sharoitlari bo‘lganini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, bir paytlar Rossiya va Belarus bozorlarini tark etishga qaror qilgan G‘arb kompaniyalari bilan bir xil vaziyat yuzaga kelmasligini ta’minlash kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter