Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko Eron prezidentining halokati «aybdori»ni aytdi

Lukashenko Eron prezidentining halokati «aybdori»ni aytdi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan yuz bergan fojiada AQShning sanksiyalar siyosati muhim rol o‘ynadi, deydi Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko. Unga ko‘ra, Vashingtonning cheklov choralari Eron rahbari vertolyotiga texnik xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilgan.

«AQShning jirkanch siyosati bunga olib keldi. Birinchidan, sanksiyalar. Bular odamlarni tashiydigan samolyotlarga nisbatan sanksiya qo‘llashga haqlari yo‘q edi. Bu ham ularning aybi. Ular bu vertolyotga xizmat ko‘rsatishni taqiqlab qo‘yishdi», deb tushuntirdi Lukashenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u bu haqda birinchi navbatda Belarus prezidenti sifatida emas, balki shaxs sifatida gapirgan.

19-may kuni Raisiy o‘tirgan vertolyot Ozarbayjon-Eron chegarasi yaqinidagi tog‘larga qulab tushdi. Halokat natijasida barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Vertolyotda Raisiydan tashqari tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyan ham uchayotgan edi. 23-may kuni Eron prezidenti o‘zi tug‘ilib o‘sgan Mashhadda dafn etildi. Siyosatchining motam marosimiga 3 millionga yaqin odam kelgani xabar qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring