Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Louis Vuitton» dunyodagi eng yirik olmoslardan birini sotib oldi

«Louis Vuitton» dunyodagi eng yirik olmoslardan birini sotib oldi

Foto: «nytimes.com»

Fransuzlarning «Louis Vuitton» modalar uyi dunyodagi eng katta olmoslardan birini xarid qildi. 1758 qirotlik olmosni Kanadaning «Lucara Diamond Corp.» kompaniyasi Botsvanada qazib olgan, deb yozadi «New York Times» gazetasi.

O‘tgan yil aprelda «Lucara Diamond Corp.» Botsvanada 1758 qirotlik qora rangli katta olmosni qazib olganini ma’lum qilgandi. Kompaniyaning xabariga ko‘ra, ushbu shikastlanmagan tosh — odamzod tarixidagi eng yirik olmoslardan biri hamda bugungi kunda Botsvanada qazib olingan eng katta olmos hisoblanadi. Olmosning og‘irligi taxminan 352 gramm keladi.

Jahonga mashhur «Louis Vuitton» kompaniyasining ijrochi direktori Maykl Byorki sotib olgan olmosning bahosini oshkor etishdan bosh tortdi. Lekin uning «millionlar» turishini qistirib o‘tdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring