London marafoni jahon rekordini yangiladi

Kecha, 28-aprel kuni o‘tkazilgan London marafonida marra chizig‘iga yetib kelganlar va tomoshabinlar soni bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi, deb xabar berdi The Guardian.
Shahar tarixidagi 45-marafonda 55 646 ishtirokchi finishgacha yetib keldi va Nyu-York marafoni rekordi yangilandi.

Tashkilotchi direktor Hyu Brasherning aytishicha, marafonchilarni 800 mingga yaqin muxlis qo‘llab-quvvatlab turdi, havo iliqligi va qatnashchilar soni ko‘pligi uchun tomosha qilish uchun odatdagidan 60 ming nafar ko‘p odam yig‘ilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter