Lolagul Qallixanova ozodlikka chiqarildi. Prokuror unga 11 yillik qamoq jazosi so‘ragandi
Bugun, 31 yanvar kuni Buxoro viloyat sudida Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirilmoqda.
Nukus voqealari bo‘yicha sudda gumondorlardan jami to‘rt kishi oqlandi va sud zalidan ozodlikka chiqarildi, ular orasida Lolagul Qallixanova ham bor.
Oliy sudning rasmiy xabariga ko‘ra, Lolagul Qallixanova JKning 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8 yil ozodlikdan maxrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi qo‘llanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Eslatib o‘tamiz, prokuror unga 11 yillik qamoq jazosi so‘ragandi.
Avvalroq sudlanuvchi Lolagul Qallixanova o‘z ko‘rsatmalarida Davletmurat Tajimuratovga qarshi o‘z noroziligini bildirgandi.
«Davletmurat Tajimuratovning Nukus shahrida miting o‘tkazish haqida Jo‘qorg‘i Kenges raisi nomiga ariza qoldirganligi haqidagi xabariga aldanganimni tan olaman. Uning so‘zlariga ishondim. O‘z xatti-harakatlarim bilan aholining bunchalik darajada ko‘tarilib ketishini bilmagan edim», — degan Lolagul Qallixanova o‘z ko‘rsatmasida.
U bu qilmishlari oqibatida odamlar vafot etgani, ularning o‘limida esa o‘zini ham aybdor deb bilishini, shu sababli o‘zini kechirmasligini, o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni to‘liq tan olishini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter