Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqdi
Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.
Trassning mamlakat bosh vaziri sifatidagi «hukmron»ligi Britaniya tarixidagi eng qisqasi bo‘lishi mumkin. U o‘z lavozimida 45 kun qoldi.
U, shuningdek, yangi bosh vazir saylanmaguncha lavozimda qolishini aytgan.
Bungacha antirekord 1827-yilda hukmronligining 119-kunida vafot etgan Jorj Kanningga tegishli edi.
Trassning aytishicha, kelasi hafta konservatorlar partiyasining, shu bilan birga mamlakatning yangi rahbari saylovi bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter