Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liviyadagi suv toshqini qurbonlari soni 11 ming nafardan oshdi

Liviyadagi suv toshqini qurbonlari soni 11 ming nafardan oshdi

Liviyadagi toshqinlar oqibatida qurbonlar 11 mingdan, bedarak yo‘qolgan 20 mingdan oshgani ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislar qurbonlarning bunday darajada ko‘pligi sabablari haqida hali hamon aniq fikr bildirmagan, ammo deyarli ko‘pchilik uzoq yillar davomida to‘g‘onlarning kerakli holatda saqlanmaganini asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatishmoqda.

Aynan shu sababli ham, «Daniyel» to‘foni Liviyaning shimoli-sharqiy qirg‘oqlariga urilganda, to‘g‘onlar o‘z vazifasini bajara olmagan.
BMT rasmiylarining aytishicha, mamlakat «epik darajadagi falokat»ni boshdan kechirmoqda.

Chorshanba kuni Derna shahrida 30 mingdan ortiq odam boshqa joyga ko‘chirilgan. Ayni paytda, ofatdan omon qolganlarni davolash zarur. Ammo, sog‘liqni saqlash muassasalari yaqinida jasadlar to‘planib qolmoqda.

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi payshanba kuni toshqinlardan jabr ko‘rgan 884 ming kishiga yordam berish uchun kamida 71,4 million dollar kerak bo‘lishini bildirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring