«Liverpul» 20-marta Angliya chempioni bo‘lib, «MY»ga yetib oldi

«Liverpul» turnir tugashiga to‘rt tur qolganida Angliya premer-ligasi g‘olibiga aylandi. Turnirdagi tarixiy va esda qolarli voqea liverpullik muxlislar guvohligida yuz berdi — «Enfild»da «Tottenhem» 5:1 hisobida tor-mor etildi.
«Liverpul» Angliya oliy ligasida oxirgi marta 2020-yilda chempionlikni nishonlagandi.
Shu tariqa «Liverpul» 20-marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritib, «Manchester Yunayted»ga yetib oldi. Premer-ligada hali hech bir jamoa 20 martadan ortiq chempion bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter