Livanda yana yoppasiga qurilmalar portlab ketdi
Livanda yana peyjerlardan boshqa aloqa qurilmalari portlab, 100 ga yaqin odam jarohat oldi. Bu haqda Al-Hadath xabar bermoqda.
Livanning turli hududlarida portlashlar eshitildi, deya aniqlik kiritmoqda manba.
Keyinroq RIA Novosti ham o‘z manbasiga asoslanib, aloqa moslamalari portlagani haqida ham xabar berdi.
«Hizbulloh harakati a’zolari tomonidan 24 soatdan kamroq vaqt oldin portlagan peyjerlardan tashqari foydalanilgan aloqa qurilmalari portlab ketgan», deyiladi hisobotda.
Mahalliy aholi portlashlar sodir bo‘lgan joydan olingan kadrlarni bo‘lishmoqda. Kadrlarda vahima ko‘chalarda boshlanganini ko‘rish mumkin.
Bungacha Livanda 17-sentyabr kuni katta portlashlar sodir bo‘lgan, o‘shanda Hizbulloh harakati a’zolarining shaxsiy peyjerlari portlagan edi. Natijada kamida to‘rt ming kishi jarohatlangan, 12 qurbon, jumladan 8 yoshli bola halok bo‘ldi, shuningdek, Hizbulloh yetakchilaridan birining o‘g‘lini qutqarib bo‘lmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter