Litvada qochoqlarning farzandlariga davlat tilini o‘rgatish boshlandi
Litvada qochoqlar uchun tashkil etilgan lagerlarda yashovchi noqonuniy migrantlarning farzandlariga davlat tilini o‘rgatish boshlandi, deb xabar berdi «RuBaltic.ru».
4-oktyabrdan boshlab 200 dan ziyod bolaga Vilnyus, Rukla va Pabradda tashkil etilgan sinflarda litva tili o‘qitilmoqda.
Olti oy davomida migrant-bolalar faqat litva tilini o‘rganishadi. Darslar kuniga uch soatdan, haftasiga 15 soat. Yarim yildan so‘ng ta’lim dasturiga tarix, geografiya va boshqa fanlar qo‘shiladi.
Litva qonunchiligiga ko‘ra, litva tilini bilmaydigan o‘quvchilarga muntazam umumta’lim maktabida saboq berishdan oldin, bir yil davomida mamlakat davlat tili o‘rgatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter