Lebyof: «Modrichning «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilishi — futbol ustidan kulishdir. Vassalom!»
Madridning «Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrichning «Oltin to‘p» sohibiga aylanganini barcha birdek hazm qilolmayapti.
1998-yilgi jahon chempioni, fratsiyalik Frank Lebyof xorvatiyalik charm to‘p ustasining g‘alabasini «o‘ta bahsli» va «futbol ustidan kulish», deb baholadi. Mashhuri jahon Ronalduning singlisi esa akasidan zo‘ri yo‘q ekanini yana bir ta’kidlab, buni anglash uchun katta aql shartmas, futbol haqida ozgina tasavvur kifoya qiladi, dedi.
Kim nima demasin, Modrich nufuzli sovringa ega chiqdi. «Oltin to‘p» atrofida bo‘layotgan gap-so‘zlar o‘z yo‘liga. Xorvat o‘tgan mavsumda «Real» bilan ketma-ket uchinchi bor Yevropa Chempionlar ligasini yutdi, terma jamoasi bilan Rossiyada o‘tgan jahon chempionatida finalga chiqdi, shuningdek, ushbu mundialning «Eng yaxshi o‘yinchisi» deb topildi.
«Oltin to‘p» uchun bular kammi? Albatta, yo‘q. Omadingni beraversin, Luka!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter