Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lavrov Putinning 2-3 yil umri qolgani bo‘yicha xabarni izohladi

Lavrov Putinning 2-3 yil umri qolgani bo‘yicha xabarni izohladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lumot berdi, deya yozmoqda «Kommersant». 

Diplomatning aytishicha, Rossiya davlat rahbarining mutlaqo sog‘lom ekanligiga shubha yo‘q.

«Prezident Vladimir Putin har kuni omma oldiga chiqadi. Siz uni ekranlarda tomosha qilishingiz, nutqlarini o‘qishingiz va tinglashingiz mumkin. Menimcha, hech kim prezidentda qandaydir kasallik yoki dard belgilarini ko‘ra olmaydi», — dedi diplomat Fransiyaning TF1 telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq Putinning saraton bilan kasallangani va 2-3 yil umri qolgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Putin bu yil 69 yoshni qarshi olmoqda. 

Avvalroq, Qirg‘iziston tog‘larida joylashgan, Putin nomi bilan ataladigan cho‘qqida Ukraina bayrog‘i o‘rnatilgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring