Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lasetti» yuk mashinasi tagiga kirib ketdi. Qurbonlar bor

«Lasetti» yuk mashinasi tagiga kirib ketdi. Qurbonlar bor

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 19-oktyabr kuni soat 06:30 larda Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi M-39  «Almata-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 1074 kilometrida YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1982-yilda tug‘ilgan B.N ismli haydovchi «Lasetti» da e’tiborsizlik qilib, yo‘lning burilib olish qismida o‘zidan oldinda burilayotgan Gaz-5327» rusumli transport vositasining orqa qismiga urilgan.

Natijada «Lasetti» haydovchisi B.N va 1987-yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi B.Yu lar og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etishgan.

Shuningdek, «Lasetti» yo‘lovchilari 1975-yilda tug‘ilgan T.H, 1989 yilda tug‘ilgan T.D hamda 1983-yilda tug‘ilgan T.B lar turli tan jarohatlari bilan Jomboy tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring