Lars Nuren vafot etdi
Shvetsiyalik dramaturg Lars Nuren koronavirusga chalinib hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda 26-yanvar kuni «Albert Bone» nashriyoti xabar berdi.
«Bugun «Albert Bone» nashriyoti uning oilasidan qayg‘uli topshiriq oldi — ular Lars Nurenning 2021-yil 26-yanvar kuni COVID-19 oqibatida vafot etganini e’lon qilishni so‘rashgan», — deb yozadi dagbladet.no nashriyoti.
Lars Nuren 1944-yilda Stokgolmda dunyoga kelgan. U 1963 yilda she’riy kitobini yaratgan. 1993-yilda dramaturg teatr va televideniyada ish boshlab, Shekspir, Ibsen, Chexov dramalarini sahnalashtirdi. 1999-yildan 2007-yilgacha Stokgolmdagi Qirollik drama teatriga rahbar qilgan.
2009-yilda Nuren Gyoteborgdagi Xalq teatrini boshqardi, Parij «SKomedi Fransez» va Oslo milliy teatrida faoliyat ko‘rsatdi. Dramaturgning pesalari turli tillarga tarjima qilinib, deyarli butun dunyoda sahnalashtirib, namoyish etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter