«Lacetti» haydovchisi YHXB xodimini mashinasida sudrab, tan jarohati yetkazdi
![«Lacetti» haydovchisi YHXB xodimini mashinasida sudrab, tan jarohati yetkazdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2519336102.jpg)
Kecha, 28 -oktyabr kuni soat 15-00larda fuqaro O‘.I. (1984 y.t.) Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Ulankul mahallasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB xodimi B.M.ning (1988 y.t., tizimda 2008-yildan) qonuniy talablariga bo‘ysinmasdan boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomashinasida uni 10 metr masofaga sudrab ketib, tan jarohati yetkazgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro O‘.I.ga nisbatan JK 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter