La Liga tarixida birinchi marta: 21 yoshli futbolchi xet-trikni nishonladi
Ispaniya chempionati (La Liga) 19-turi doirasida Pamplonadagi «El-Sadar» stadionida «Osasuna» va «Atletik» (Bilbao) to‘qnashdi.
«Atletik» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan ushbu o‘yinda La Liga tarixida birinchi marta xet-trikni 21 yoshli futbolchi nishonladi. Bilbaoliklarning barcha gollarini yarimhimoyachi Oyan Sanset kiritdi.
Oyan Sanset (2000-yil 25-aprelda tug‘ilgan) basklar jamoasi tarbiyalanuvchisi, joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 16 marotaba maydonga tushib, to‘rt gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter