Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

La-liga: «Levante» o‘zi bilan «Alaves»ni ham tortib ketdi va boshqa natijalar

La-liga: «Levante» o‘zi bilan «Alaves»ni ham tortib ketdi va boshqa natijalar

Ispaniya chempionatining 37-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. O‘tgan turda primerani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan «Levante» ushbu turda «Alaves»ni qabul qildi va g‘alaba qozonib, uni ham o‘zi bilan birga segundaga tortib ketdi.

Grandlar o‘yinida duranglar qayd etildi. Chempion «Real» Madrid kuchini ortiqcha sarflamaslikka urindi. Kuchli to‘rtlik aniq bo‘ldi. So‘nggi tur «Atletik» (Yevropa ligasiga yo‘llanma olish), «Kadis», «Malorka» va «Granada» (uchovi ham la-ligada qolish) uchun kurash olib boradilar.

La-liga, 37-tur natijalari

Espanol - Valensiya - 1:1
Gollar: Maksi Gomes, 37 (0:1). de Tomas, 45+2 (1:1).
14 may. Barselona. «Kornelya El Prat» stadioni.
Bosh hakam: Alexandro Munis Ruis (Pontevedra).

Atletik - Osasuna - 2:0
Gollar: Berenger, 33 (1:0). Vilyalibre, 79 (2:0).
15 may. Bilbao. «Nuevo San-Mames» stadioni.
Bosh hakam: Xorxe Figeroa Vaskes (Sevilya).

Atletiko - Sevilya - 1:1
Gollar: Ximenes, 30 (1:0). En-Nesiri, 85 (1:1).
15 may. Madrid. «Vanda Metropolitano» stadioni.
Bosh hakam: Xose Mariya Sanches Martines (Mursiya).

Betis - Granada - 2:0
Gollar: Xuanmi, 14 (1:0). Xuanmi, 88 (2:0).
15 may. Sevilya. «Benito Vilyamarin» stadioni.
Bosh hakam: Rikardo De Burgos Bengoyechea (Bilbao).

Vilyarreal - Real Sosedad - 1:2
Gollar: Koklen, 43 (1:0). Isak, 56 (1:1). Subimendi, 73 (1:2).
15 may. Vilyarreal. «Estadio-de-la-Seramika» stadioni.
Borsh hakam: Pablo Gonsales Fuertes (Xixon).

Kadis - Real Madrid - 1:1
Gollar: Dias, 5 (0:1). Sobrino, 37 (1:1).
Urilmagan penalti: Negredo, 61 (darvozabon, Kadis).
15 may. Kadis. «Ramon de Karransa» stadioni.
Bosh hakam: Antonio Mateu Laos (Valensiya).

Levante - Alaves - 3:1
Gollar: Xoselu, 36 (0:1). Duarte, 53 (1:1). Roxer, 74 (2:1). Morales, 90+5 (3:1).
15 may. Valensiya. «Syudad de Valensiya» stadioni.
Bosh hakam: Kuadra Fernandes (Madrid).

Malorka - Rayo Valekano - 2:1
Gollar: Muriki, 13 (1:0). Siss, 60 (1:1). Prats, 90+2 (2:1).
15 may. Palma-de-Malorka. «Vizit Malorka Estadi» stadioni.
Bosh hakam: Xose Munuera Montero (Andalusiya).

Selta - Elche - 1:0
Gol: Suares, 9 (1:0).
15 may. Vigo. «Balaidos» stadioni.
Bosh hakam: Melero Lopes (Malaga).

Xetafe - Barselona - 0:0
15 may. Xetafe. «Koliseum Alfonso Peres» stadioni.
Bosh hakam: Xesus Xil Mansano (Don-Benito).

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Real Madrid 37 26 7 4 80-31 85
2  Barselona 37 21 10 6 68-36 73
3  Atletiko 37 20 8 9 63-42 68
4  Sevilya 37 17 16 4 52-30 67
5  Betis 37 19 7 11 62-40 64
6  Real Sosedad 37 17 11 9 39-35 62
7  Vilyarreal 37 15 11 11 61-37 56
8  Atletik 37 14 13 10 43-35 55
9  Osasuna 37 12 11 14 37-49 47
10  Selta 37 12 10 15 43-41 46
11  Valensiya 37 10 15 12 46-53 45
12  Rayo Valekano 37 11 9 17 37-46 42
13  Espanol 37 10 11 16 40-53 41
14  Elche 37 10 9 18 37-51 39
15  Xetafe 37 8 15 14 32-38 39
16  Granada 37 8 13 16 44-61 37
17  Malorka 37 9 9 19 34-63 36
18  Kadis 37 7 15 15 34-51 36
19  Levante 37 7 11 19 47-74 32
20  Alaves 37 8 7 22 31-64 31

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

27 ta
Karim Benzema (Real Madrid, 7)

18 ta
Yago Aspas (Selta, 3)

17 ta
Vinisius Junior (Real Madrid)
Raul de Tomas (Espanol, 5)
Xuanmi (Betis)

15 ta
Enes Unal (Xetafe, 2)

14 ta
Xoselu (Alaves, 6)

Avtogollar

Muktar Diakabi (Valensiya) - 2
Erik Kabako (Xetafe)
Unay Simon (Atletik)
Franko Russo (Malorka)
Xaume Domenek (Valensiya)
Jozef Aydu (Selta)
Antonio Railo (Malorka)
Li Kan In (Malorka)
Leandro Kabrera (Espanol)
Mario Ermoso (Atletiko)
Luis Abram (Granada)
Pate Siss (Rayo Valekano)
Adria Pedrosa (Espanol)
Aridane (Osasuna)
Xerman Pesselya (Betis)
Stefan Savich (Atletiko)
Luish Mashimianu (Granada)
Ektor Belerin (Betis)
Aissa Mandi (Vilyarreal)
Ximo Navarro (Alaves)
Lukas Torro (Osasuna)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Andrey LUNIN (Real Madrid) – Terri KORREYYa (Valensiya), Oskar DUARTE (Levante), Xose Mariya XIMENES (Atletiko), Xaume KOSTA (Malorka) – Xose Luis MORALES (Levante), Denis SUARES (Selta), Martin SUBIMENDI (Real Sosedad), Iker MUNYaIN (Atletik) – XUANMI (Betis), Aleksander ISAK (Real Sosedad).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

37-tur qahramoni sifatida chempion «Betis» hujumchisi Xuanmini tanladik. Ushbu turda klub to‘purari «Granada»ga qarshi dubl qayd etib, Yevropa ligasi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi.

37-tur o‘yinlari

22 may

Alaves - Kadis
Barselona - Vilyarreal
Valensiya - Selta
Granada - Espanol
Osasuna - Malorka
Rayo Valekano - Levante
Real Madrid - Betis
Real Sosedad - Atletiko
Sevilya - Atletik
Elche - Xetafe

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring