Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

La-liga: «ko‘zi qonga to‘lgan» chempionlar va primerani tark etgan jamoa

La-liga: «ko‘zi qonga to‘lgan» chempionlar va primerani tark etgan jamoa

Ispaniya chempionatining 36-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Unda allaqachon chempion bo‘lgan «Real» jamoasi o‘z maydonida «Levante»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinda Vinisius 3 ta gol kiritdi. Shu tariqa «Levante» jamoasi Segundaga tushib ketdi.

Primerani tark etadigan boshqa ikkia jamoa hozircha aniq emas, jon saqlab qolish uchun «Kadis», «Malorka» va «Alaves» klublari kurash olib boryapti.

«Barselona» va «Atletiko» g‘alabali yurishlarini davom ettirishgan bo‘lsa, «Sevilya» yana durang o‘ynab qo‘ydi. Bu bilan ular YeChL yo‘llanmasidan ham quruq qolishlari mumkin.

La-liga, 36-tur natijalari

Valensiya - Betis - 0:3
Gollar: Villian, 57 (0:1). Kanales, 87 (0:2). Iglesias, 90 (0:3).
10 may. Valensiya. «Mestalya» stadioni.
Bosh hakam: Karlos del Serro (Madrid).

Granada - Atletik - 1:0
Gol: Kolyado, 35 (1:0).
10 may. Granada. «Nuevo Los-Karmenes» stadioni.
Bosh hakam: Xose Mariya Sanches Martines (Mursiya).

Barselona - Selta - 3:1
Gollar: Depay, 30 (1:0). Obameyang, 41 (2:0). Obameyang, 48 (3:0). Yago Aspas, 50 (3:1).
10 may. Barselona. «Kamp Nou» stadioni.
Bosh hakam: Migel Ortis Arias (Madrid).

Alaves - Espanol - 2:1
Gollar: de la Fuente, 7 (1:0). de Tomas, 14 - penaltidan (1:1). Eskalante, 59 (2:1).
11 may. Vitoriya-Gasteys. «Mendisorrosa» stadioni.
Bosh hakam: Valentin Pisarro Gomes (Madrid).

Osasuna - Xetafe - 1:1
Gollar: Oyer, 9 (1:0). Torro, 20 - o‘z darvozasiga (1:1).
11 may. Pamplona. «Reyno-de-Navarra» stadioni.
Bosh hakam: Alexandro Munis Ruis (Pontevedra).

Sevilya - Malorka - 0:0
11 may. Sevilya. «Ramon Sanches Pisxuan» stadioni.
Bosh hakam: Alexandro Ernandes (Santa-Krus-de-Tenerife).

Elche - Atletiko - 0:2
Gollar: Mateus Kunya, 28 (0:1). De Paul, 62 (0:2).
11 may. Elche. «Manuel Martines Valero» stadioni.
Bosh hakam: Pablo Gonsales Fuertes (Xixon).

Real Sosedad - Kadis - 3:0
Gollar: Serlot, 19 (1:0). Yanuzay, 53 - penaltidan (2:0). Portu, 90+8 - penaltidan (3:0).
12 may. San-Sebastyan. «Reale Arena» stadioni.
Bosh hakam: Xuan Munera (Benidorm).

Rayo Valekano - Vilyarreal - 1:5
Gollar: Pedrasa, 3 (0:1). Gvardiola, 21 (1:1). Foyt, 27 (1:2). Pako Alkaser, 38 (1:3). Pau Torres, 45+1 (1:4). Pedrasa, 88 (1:5).
12 may. Madrid. «Kampo-de-Valekas» stadioni.
Bosh hakam: Isidro Dias de Mera (Daymel).

Real Madrid - Levante - 6:0
Gollar: Mendi, 13 (1:0). Benzema, 19 (2:0). Rodrigo, 34 (3:0). Vinisius Junior, 45 (4:0). Vinisius Junior, 68 (5:0). Vinisius Junior, 83 (6:0).
12 may. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.
Bosh hakam: Kordero Vega (Santander).

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Real Madrid 36 26 6 4 79-30 84
2  Barselona 36 21 9 6 68-36 72
3  Atletiko 36 20 7 9 62-41 67
4  Sevilya 36 17 15 4 51-29 66
5  Betis 36 18 7 11 60-40 61
6  Real Sosedad 36 16 11 9 37-34 59
7  Vilyarreal 36 15 11 10 60-35 56
8  Atletik 36 13 13 10 41-35 52
9  Osasuna 36 12 11 13 37-47 47
10  Valensiya 36 10 14 12 45-52 44
11  Selta 36 11 10 15 42-41 43
12  Rayo Valekano 36 11 9 16 36-44 42
13  Espanol 36 10 10 16 39-52 40
14  Elche 36 10 9 17 37-50 39
15  Xetafe 36 8 14 14 32-38 38
16  Granada 36 8 13 15 44-59 37
17  Kadis 36 7 14 15 33-50 35
18  Malorka 36 8 9 19 32-62 33
19  Alaves 36 8 7 21 30-61 31
20  Levante 36 6 11 19 44-73 29

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

27 ta
Karim Benzema (Real Madrid, 7)

18 ta
Yago Aspas (Selta, 3)

17 ta
Vinisius Junior (Real Madrid)

16 ta
Raul de Tomas (Espanol, 5)

15 ta
Xuanmi (Betis)
Enes Unal (Xetafe, 2)

13 ta
Xoselu (Alaves, 6)

Avtogollar

Muktar Diakabi (Valensiya) - 2
Erik Kabako (Xetafe)
Unay Simon (Atletik)
Franko Russo (Malorka)
Xaume Domenek (Valensiya)
Jozef Aydu (Selta)
Antonio Railo (Malorka)
Li Kan In (Malorka)
Leandro Kabrera (Espanol)
Mario Ermoso (Atletiko)
Luis Abram (Granada)
Pate Siss (Rayo Valekano)
Adria Pedrosa (Espanol)
Aridane (Osasuna)
Xerman Pesselya (Betis)
Stefan Savich (Atletiko)
Luish Mashimianu (Granada)
Ektor Belerin (Betis)
Aissa Mandi (Vilyarreal)
Ximo Navarro (Alaves)
Lukas Torro (Osasuna)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Manolo REYNA (Malorka) – Xuan FOYT (Vilyarreal), Arits ELUSTONDO (Real Sosedad), Pau TORRES (Vilyarreal), Alfonso PEDRASA (Vilyarreal) – Usmon DEMBELE (Barselona), Luka MODRICh (Real Madrid), Serxio KANALES (Betis), Mirto UZUNI (Granada) – Per-Emerik OBAMEYaNG (Barselona), Vinisius JUNIOR (Real Madrid).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

36-tur qahramoni sifatida chempion «Real Madrid» hujumchisi Vinisius Juniorni tanladik. Primerada bu yosh futbolchi deyarli 2 oy gol urmagandi, ammo bu turda birdaniga xet-trik qayd etdi va bitta golli pas ham berdi.

37-tur o‘yinlari

14 may

Espanol - Valensiya
Selta - Elche

15 may

Atletik - Osasuna
Atletiko - Sevilya
Betis - Granada
Vilyarreal - Real Sosedad
Kadis - Real Madrid
Levante - Alaves
Malorka - Rayo Valekano
Xetafe - Barselona

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring