KXDR va Janubiy Koreya qishki Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin

KXDRning Xalqaro olimpiya qo‘mitasidagi vakili Chan Inning ma’lum qilishicha, 2021-yilgi qishki Osiyo o‘yinlarini ikkala koreys davlati birgalikda o‘tkazishi mumkin. Bu haqida «Ryonxap» agentligi xabar berdi.
Shanba kuni esa Janubiy Koreyaning qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan Kanvando viloyatining gubernatori chiqish qilib, Shimoliy va Janubiy Koreya birgalikda qishki Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishining afzalliklari haqida so‘zlagandi.
Chan Inning fikricha, mazkur reja amalga oshgan taqdirda KXDRdagi Masikryon tog‘-chang‘i kurortini musobaqa bo‘lib o‘tadigan joylardan biri sifatida tanlasa bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter