Kuyov to‘yiga bir necha soat qolganda avtohalokatga uchrab vafot etdi
Irlandiyada kuyov to‘yidan bir necha soat oldin avtohalokat natijasida vafot etdi. Bu haqda The Irish Times nashri ma’lum qildi.
20 yoshli Maylz Xarti 21-avgust kuni uylanishi kerak edi. To‘ydan oldingi kechada u do‘stlari bilan Skoda mashinasida qo‘shni shaharga yo‘l olgan. Yo‘lda haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, ustunga borib urilgan.
Old o‘rindiqda o‘tirgan Xarti voqea joyida vafot etgan. Mashina ortida ketayotgan yo‘lovchi yengil tan jarohatlari bilan omon qoldi. Hozirda haydovchi Irlandiyada yo‘l harakati qoidalarini buzganlikda gumon qilinib, hibsga olingan.
Xartining dafn marosimiga yuzlab qarindoshlari va do‘stlari tashrif buyurishgan, ularning ko‘pchilik qismi tuyda qatnashish maqsadida tashrif buyurishgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter