Kuvaytda Buxoro amiriga tegishli zeb-ziynatlar topildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya va O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt shahridagi Toriq Rajab muzeyiga tashrif buyurishdi.
O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi amaliy ko‘magida tashkil etilgan tashrifda delegatsiya a’zolarini Muzey direktori Ziyad Rajab kutib oldi. Kuvayt davlati poytaxti al-Kuvayt shahrida joylashgan Toriq Rajab muzeyi 30 000 dan ortiq qadimiy va zamonaviy buyumlardan iborat shaxsiy kolleksiyani o‘z ichiga oladi.
Muzeyga kuvaytlik tadbirkor Toriq Sayyid Rajab tomonidan asos solingan. Muassasa o‘z faoliyatini 1980-yilda boshlagan. Unda ko‘p yillar davomida shakllangan shaxsiy kolleksiya jamlangan bo‘lib, Toriq Rajab muzeyi nomi bilan mashhur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter