Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans» ekspozitsiyasi markazning tashrif qog‘ozi bo‘lishi kutilmoqda

«Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans» ekspozitsiyasi markazning tashrif qog‘ozi bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning «Sila sveta» kompaniyasi va hamkor tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda markazi Axborot xizmati xabar berdi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov yig‘ilganlarga markazning «Yangi O‘zbekiston –Yangi Renessans» bo‘limini yaratishda jiddiy e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi:

– «Yangi O‘zbekiston –Yangi Renessans» bo‘limi markazning tashrif qog‘ozi bo‘ladi. Shuning uchun ham mahalliy mutaxassislardan sohalariga sidqidildan yondoshishlari so‘ralib, hamkor tashkilot vakillariga o‘zlarining loyihalarini puxta va mukammal shaklda taqdim etilishida e’tibor qaratishlari lozim.

Shuningdek, uchrashuvda   «Sila sveta» kompaniyasi asoschisi Aleksandr Us, kompaniya ijodiy direktori Boris Kislitsin yig‘ilganlarga o‘z taqdimotlarini namoyish etdi. Nufuzli kompaniya vakillari ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Markaz katta ilmiy xodimi Obidjon Tangirov har bir eksponatni muzeylashtirish va bu jarayonlarni hujjatlashtirish bo‘yicha texnik topshiriqlar, loyihalarni moliyalashtirish tartiblari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

«Sila sveta» kompaniyasi «Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans» ekspozitsiyasi uchun immersiv shou loyihasini taklif qilmoqda. Ushbu shou orqali Yangi O‘zbekistondagi ilmiy va madaniy taraqqiyot, zamonaviy islohotlar va bunyodkorlik ishlari innovatsion usullarda namoyish etiladi.  Shou orqali O‘zbekistonning ilmiy yutuqlari va mamlakatda amalga oshirilayotgan  islohotlar aks ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv davomida loyihalarning bajarilish tartiblari,  unda ahamiyat qaratilishi kerak bo‘lgan mazmun, mohiyat va texnik yechimlar muhokama qilindi. Markazni mazmunan boyitish bo‘yicha zarur taklif va mulohazalar bildirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring