Kun.uz jarimaga tortildi
21-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudi Kun.uz nashri rahbari va asoschilaridan biri Maxsudjon Asqarovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184−2-moddasida (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi va uni bazaviy hisoblash miqdorining ellik barobari (12 mln 250 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda nashrning o‘zi xabar berdi.
Ushbu xabar saytga joylanganidan so‘ng (21-iyun, soat 20:42) Kun.uz o‘z saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida o‘zbek tilidagi xabar va maqolalar e’lon qilishni to‘xtatdi. Bu holatga tahririyat tomonidan izoh berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter