Kuniga 160 daqiqa piyoda yurilsa nima bo‘ladi?

Mayo klinikasi mutaxassislari ta’kidlashlaricha, piyoda yurishning salomatlik uchun foydalari ko‘p: yurak-qon tomir tizimi, xotira, uyqu, tana muvozanati yaxshilanadi, suyaklar va mushaklar mustahkamlanadi, chidamlilik oshadi, kayfiyat ko‘tariladi, organizm stress va zo‘riqishdan yengillashadi.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar esa yurish umrga umr qo‘shishi mumkinligini ham ko‘rsatmoqda. Bu haqda British Journal of Sports Medicine jurnalidagi maqolada yozilgan. To‘g‘ri, buning uchun kuniga 160 daqiqa (2 soatu 40 daqiqa) tinmay 5 km/soat tezlikda yurish kerak bo‘ladi.
Yangi tadqiqotda olimlar Salomatlik va ovqatlanish milliy tadqiqoti (NHANES) ma’lumotlariga tayanishdi. Bunda yoshi 40 dan oshgan va faollik qayd etgichlaridan haftasiga to‘rt kundan ko‘p foydalangan kishilar o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tadqiqotning eng faol 25 foiz qatnashchilari kuniga soatiga 4,8 km tezlikda 160 daqiqadan yayov yurishgan. Agarda qolgan qatnashchilar ham yuqoridagi 25 foiz faollar kabi yurishga odatlanishganida 78,6 yil o‘rniga 84 yil yashashlari mumkinligi qayd etildi. Va aksincha, tadqiqot doirasidagi eng nofaol 25 foiz odamlar boshqalarga nisbatan taxminan 6 yil kam yashashgani qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter