Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kudbiyev «soliq»ga qaytdi. «Supervazirlik»ga Qo‘chqorov keldi

Kudbiyev «soliq»ga qaytdi. «Supervazirlik»ga Qo‘chqorov keldi

Prezidentning tegishli qarori bilan Sherzod Kudbiyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimidan ozod etildi. 

Uning vazirlikdagi o‘rniga Prezident farmoni bilan Jamshid Qo‘chqorov keldi. U endilikda Bosh vazir o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida faoliyat olib boradi. 

Jamshid Qo‘chqorov nomzodi avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring