Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli zilzila payti fillarning harakati lol qoldirdi (video)

Kuchli zilzila payti fillarning harakati lol qoldirdi (video)

Videodan skrinshot

AQShning San-Diyego hayvonot bog‘i fillari zilzila paytidagi harakatlari bilan barchani hayratda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kaliforniya shtati janubida 14-aprel sanasida 5,2 magnitudali yer osti silkinishlari sodir bo‘lgandi. Ushbu hodisa chog‘i hayvonot bog‘ida olingan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Hayvonot bog‘ining fillar saqlanadigan volerida olingan tasvirlar ko‘rsatishicha, bu ziyrak jonivorlar favqulodda vaziyatlarda birlashib, «krizis rejimi»ga o‘tadi.

Fillar orqama-orqa turib, tashqi xavfni qarshilash uchun shay turishdi (bolalari bo‘lsa odatda o‘rtaga olishadi). Zilzila o‘tib ketganidan so‘ng, fillar tarqalishgan, ammo bir-birlaridan uncha uzoqlashmagan.

Millionlab Reddit foydalanuvchilari ushbu videoga munosabatlarini bildirishdi. Eng yaxshi izoh: «Fillar uchun oila — hamma narsadan ustun».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring