Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zimbabveda fillarni otib, go‘shtini aholiga tarqatishmoqchi

Zimbabveda fillarni otib, go‘shtini aholiga tarqatishmoqchi

Foto: Depositphotos

Zimbabve yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi fillarni otib, go‘shtini aholiga tarqatmoqchi, deb xabar berdi Agence France-Presse (AFP).

Fillar soni ko‘payib ketib, qo‘riqxona hududi ular uchun torlik qilib qolgan. Zimbabve — fillar ko‘pligi bo‘yicha Botsvanadan so‘ng jahondagi ikkinchi mamlakat.

Dastavval mamlakat janubi-sharqidagi ulkan Save Valley Conservancy xususiy qo‘riqxonasidagi 50 ta filni otish rejalashtirilgan. Jami qancha fil «otuvga hukm qilingani» aytilmagan.

ZimParks ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda havodan olingan tasvirlar Save Valley Conservancy qo‘riqxonasida 2 550 fil borligini ko‘rsatdi, ya’ni mo‘ljaldagi sig‘im — 800 tadan uch baravar ko‘p. Yaqin besh yilda bu fillarning kamida 200 tasi boshqa parklarga ko‘chiriladi.

«Otilgan fillarning go‘shti mahalliy aholiga tarqatiladi, fil suyaklari esa davlat mulki sifatida saqlash uchun ZimParksga topshiriladi», — deyiladi boshqarma bayonotida.

Fillarni ovlash g‘oyasi jamoatchilikning keskin qarshiligiga uchradi, yana bir tomondan, ular turizmning asosiy obyekti sanaladi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring