«Krokus siti xoll»dagi terakt bo‘yicha to‘qqizinchi ayblanuvchi hibsga olindi
Moskvaning Basman sudi «Krokus siti xoll»dagi terakt ishi bo‘yicha to‘qqizinchi ayblanuvchini hibsga oldi.
«Nazrimad Lutfulloiyga nisbatan 22 mayga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlansin», — deya qaror qildi sud.
22 mart kuni kechqurun Moskvadagi «Krokus siti xoll» konsert zalida terakt uyushtirildi.
Terakt qurbonlari soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 144 kishiga yetgan.
Moskvaning Basman tuman sudi qarori bilan hozirga qadar 9 nafar gumonlanuvchi hibsga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter