Ko‘zlari ko‘kargan bola videosi bo‘yicha rasmiy munosabat berildi
Ijtimoiy tarmoqda kichik yoshdagi bolaning bog‘chaga yuzi va ko‘zlari jarohatlangan holda kelganligi va uni otasi kaltaklagani qayd etilgan video tarqaldi.
Murg‘ak bolaga nisbatan bunday shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, mazkur zo‘ravonlik fakti Samarqand viloyati Urgut tumanida yuz bergan bo‘lib, hozirda tuman IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Bolaga nisbatan bunday harakatga yo‘l qo‘ygan shaxslar kim bo‘lishidan qat’iy nazar qonunan javob berishi ta’minlanadi. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi Bolalar ombudsmani munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter