Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kovidga qarshi 90 marta emlangan odam

Kovidga qarshi 90 marta emlangan odam

Illyustrativ foto

Germaniyada COVID-19 ga qarshi vaksinalarning qariyb 90 dozasini qabul qilgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi «Associated Press».

«Vaksinasevar» — Magdeburg shahrida yashovchi 60 yoshli erkak, u vaksina qabul qilishni istamaydigan odamlarga keyinchalik soxta sertifikatlarni sotish uchun, o‘z jonini xatarga qo‘yib, kovidga qarshi 90 martagacha emlangan.

Nomi oshkor etilmagan shaxs bir necha oy vaksinatsiya markazlariga setqatnov bo‘lib qolgan, agar bir emlangan joyiga ertasi kuni ham qaytib bormaganida ehtimol politsiya qo‘liga tushmagan, emlanishlar hisobini ham yo‘qotib qo‘yardi...

Politsiya xodimlari uning emlanganlik to‘g‘risidagi bir nechta to‘ldirilmagan kartalarini olib qo‘yishdi. Emlanganlik to‘g‘risida soxta hujjatlarni tayyorlagani va sotgani uchun unga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Ko‘pchilik uning sog‘lig‘idan xavotirda: shu ikki-uch oyda juda ko‘p vaksina bilan tinmay emlanish organizmiga qanday ta’sir qilarkan?..

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring