«Korzinka.uz» 2018-yilda 30ga yaqin yangi do‘kon ishga tushiradi
«Korzinka.uz» supermarketlari tarmog‘i 2018-yilda qariyb 30ta yangi do‘kon ochish niyatida. Bu haqda poytaxtda o‘tkazilgan «WorldFood Uzbekistan» ko‘rgazmasida «Anglesey Food» bosh direktori Akmal Asadov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Spot.uz».
Bu axborotni kompaniyadagilar tasdiqlashgan va mazkur rejaga Smart va Diskont formatidagi do‘konlar ham kirishini qo‘shimcha qilishgan.
2018-yildagi birinchi do‘konini kompaniya «TRS Shedevr»da ochgan edi.
Hozir «Korzinka.uz»ning O‘zbekistonning beshta shahrida: Tashkent, Buxoro, Andijon, Qo‘qon va Olmaliqda 31ta do‘koni bor.
Shu tarzda supermarketlar tarmog‘ining do‘konlari soni joriy yilda qariyb ikki baravarga ko‘payadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter