Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Korzinka.uz»da telefondan to‘lov qilish imkoni yo‘lga qo‘yildi

«Korzinka.uz»da telefondan to‘lov qilish imkoni yo‘lga qo‘yildi

«Korzinka.uz» rahbari Zafar Hoshimov yangi tizimni sinab ko‘rmoqda.

«Korzinka.uz» supermarketlari tarmog‘i xaridlar uchun «PaymeGO» va «CLICK»dan to‘lov amalga oshirish imkoniyatini joriy etdi.

«PaymeGO» bu plastik karta haqidagi ma’lumotni QR-kodga aylantiruvchi servis. U internetsiz ishlaydi. To‘lov uchun telefon kifoya.

Bunda xaridorlar do‘konda kassirga kartaning o‘rniga telefoni ekranida QR-kod ko‘rsatadi. Kassir QR-kodni skanerlaydi va kerakli qiymat plastik kartadan yechib olinadi.

«PaymeGO»dan foydalanish uchun «Google Play» yoki «AppStore»dan «Payme» ilovasini telefonga o‘rnatish lozim.

«CLICK PASS» esa to‘lovning yangi usuli sanalib, bunda USSD-buyrug‘i yoki sotuvchi QR-kodi rasmi zarur bo‘lmaydi. Xaridor telefonida «CLICK Uzbekistan» ilovasini ochib, kassirga shaxsiy QR-kodini ko‘rsatadi, kassir uni skanerlab, kartadan kerakli mablag‘ni yechib oladi.

«CLICK PASS»dan foydalanish uchun «CLICK Uzbekistan» ilovasini yuklab olish yoki «Android» va «iOS» uchun uning so‘nggi talqinini yangilash kerak. Shuningdek, plastik kartani «CLICK»ka ulash lozim.

Bu tizimlarda xaridorlar kassir terminalga kartani ulashini, qiymatni kiritishini va PIN-kodni so‘rashini kutib o‘tirmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring