Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning yangi alomati aniqlandi

Koronavirusning yangi alomati aniqlandi

Foto: «Sunhome.ru»

Kanadalik olimlarning fikricha, koronavirusni yuqtirganda ko‘zlarning o‘zgacha qizarishi COVID-19 alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Qayd etilgan ilk virusli keratokon’yunktivit haqida Kanada oftalmologiya jamiyati jurnalida chop etildi.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, noma’lum alomat 29 yoshli bemorda aniqlangan. Uning o‘ng ko‘zi qizargan, suvsimon ajralma oqqan va yorug‘likka qaray olmagan. 29-fevralda Kanadaga qaytgunga qadar u bir oy Filippinda va bir kun San-Fransiskoda bo‘lgan. 1-mart kuni unda tumov, yo‘tal va kon’yunktivit rivojlangan. Ayol isitmadan shikoyat qilmagan. Lekin isitma tushiruvchi preparat qabul qilganini tan olgan: dori yuqori tana haroratini yashirgan bo‘lishi mumkin.

Bir necha kundan so‘ng alomatlar yomonlashgach, bemor oftalmologiya klinikasiga yuborilgan. Ko‘zlaridan olingan surtmada SARS-CoV-2 chiqqan. Mualliflarning yozishicha, bu holat COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun o‘zgacha kasallik alomatlarini aniqlashda qo‘shimcha choralar ko‘rish kerakligini anglatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring