Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning oziq-ovqat orqali yuqish ehtimoli baholandi

Koronavirusning oziq-ovqat orqali yuqish ehtimoli baholandi

Foto: «Ekovolga.com»

Koronavirusning oziq-ovqat yoki qadoqlangan mahsulotlar orqali yuqish ehtimoli nihoyatda kam. Infeksiya tarqalishi savdo cheklovlariga sabab bo‘lishi mumkin emas, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa byurosining zoonoz kasalliklar va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha texnik mutaxassisi Piter Xoyskov.

«Shuni ta’kidlash kerakki, gap savdo cheklovlari yoki savdo cheklovlarini asoslash haqida ketmasligi emas. COVID oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga tahdid solmayotgani juda muhimdir, men shuni ta’kidlamoqchiman», — dedi Xoyskov JSST va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilgan vebinarda.

O‘z navbatida, FAO oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi Jeffri Lejyonning ta’kidlashicha, virus har safar joyini o‘zgartirganda, masalan, sotuvchining qo‘lidan buyum yuzasiga, keyin esa oziq-ovqat yoki qadoqlangan mahsulotga o‘tganda uning konsentratsiyasi pasayadi. Shunday ekan, mahsulotni ushlagandan so‘ng infeksiyani yuqtirib olish ehtimoli kam, dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring