Koronavirusning erkaklar va keksalarga xavfi ochiqlandi
Vashington universiteti olimlari nima uchun koronavirus infeksiyasi aholining boshqa qatlamlariga qaraganda erkaklar va keksalarda xavfliroq alomatlarni chaqirishini aniqlashdi. Bu haqda «EurekAlert!» press-relizida ma’lum qilingan.
Tadqiqotchilar 430 nafar COVID-19 bemori va koronavirusga test natijalari manfiy chiqqan 54 kishidan to‘plangan surtmadan virusli RNKni ajratib olishib, tahlil qilishdi.
Shundan so‘ng virusli yuklama, yosh, jins, infeksion statusni hisobga olgan holda virusga tekshirilayotgan immun reaksiya tahlil qilindi.
Buni qarangki, immun reaksiya infeksiya boshlangandan so‘ng uch kun o‘tgachgina faollashadi, immun hujayra tarkibi va funksiyalari esa virusli yuklamaga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu erkaklar va keksalarning himoya funksiyasidagi nosozlikdan darak beradi.
SARS-CoV-2 pandemiyasi boshlangandan beri erkaklar va keksalar orasida yuqori o‘lim darajasi kuzatildi. Bu yomon klinik natija asosida yotuvchi zaif immun javoblarga ishora qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter