Koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan joylar reytingi tuzildi. Birinchi o‘rinda dorixona?!
Koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan joylar reytingi tuzildi, deydi shifokor-otorinolaringolog Vladimir Zaysev «AIF» gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, axlat tashlagani ko‘chaga chiqish 5-o‘rinda turadi. Garchi infeksiya yuqtirib olish xavfi unchalik yuqori bo‘lmasa-da, ma’lum vaqtgacha changlarda yashovchanligini saqlab qoladigan virus zarralari xavf tug‘diradi.
Itlarni sayr qildirgani tashqariga olib chiqish — 4-o‘rinda. Uy hayvonini ko‘chaga aylantirishga olib chiqqan odam ko‘pincha pod’yezd va eshik tutqichlarini ushlaydi. Ustiga-ustak, it ham virusni panjalari bilan birga uyga olib kelishi mumkin.
3-o‘rin — yoqilg‘i quyish. Zaysevning izohlashicha, yoqilg‘i quyish shohobchasidagi kolonka pistoletidan har kuni o‘nlab insonlar foydalanadi (Rossiyada — tahr.). Bu infeksiya tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Do‘konlar 2-o‘rindan joy olishdi. Xaridor virus yuqishidan saqlanishi uchun bozor va do‘konlarga niqob taqib borishi, arava tutqichlariga antiseptik bilan ishlov berishi, qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashi, iloji boricha boshqa buyumlarni, ayniqsa, qadoqlangan xaltalarni ushlamaslikka harakat qilishi zarur, deya tavsiya qiladi shifokor.
Buni qarangki, reytingdagi 1-o‘rinni dorixona egallagan. Uning aytishicha, «dorixonalarga sog‘lom odamlar kamdan-kam borishadi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter