Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni yuqtirganlar orasida o‘lim darajasini kamaytiradigan dori ma’lum qilindi

Koronavirusni yuqtirganlar orasida o‘lim darajasini kamaytiradigan dori ma’lum qilindi

Foto: «Blog.mednote.life»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning og‘ir shakllarini davolashda qo‘llaniladigan preparatni ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, kortikosteroid deksametazon kasallikni yuqtirganlar orasida o‘lim darajasini kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

JSST koronavirusning jiddiy va og‘ir shakllaridan qiynalayotgan bemorlarni davolashda kortikosteroidni tizimli qo‘llashni tavsiya etadi. Bunda tashkilotda ta’kidlanishicha, mazkur terapiya kasallikni yengil shaklda o‘tkazayotgan bemorlar uchun to‘g‘ri kelmaydi.

Tadqiqot joriy yil mart oyidan beri Britaniya shifoxonalarida o‘tkazilmoqda. Unda 11,5 ming nafar bemor ishtirok etyapti. Buning yordami bilan olimlar yangi koronavirusni davolashning turli usullari naqadar samarali ekanligini aniqlashyapti. Kortikosteroid deksametazondan tashqari bemorlarga, shuningdek, azitromitsin antibiotiki, totsilizumab immunodepressanti va bezgakka qarshi gidroksixloroxin preparati ham beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring