Koronavirusga chalinganlar soni bir yarim mingga yaqinlashdi
![Koronavirusga chalinganlar soni bir yarim mingga yaqinlashdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/720_460_95_2795316542.jpg)
2020-yil 18-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1490 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun soat 19:00 holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 1469 nafarni tashkil etgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida 21 nafar yangi bemor aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda sog‘ayganlar soni 194 nafar, vafot etganlar 5 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter