Koronavirusga umrbod immunitet qachon shakllanishi ma’lum bo‘ldi

«Vektor» biotexnologiya davlat ilmiy-tadqiqot markazi bosh direktori Rinat Maksyutovning fikricha, COVID-19ga umrbod immunitet shakllanishi mumkin.
«Immun tizimning ayrim xususiyatlarida, masalan, kasallik og‘ir kechganda umrbod immunitet shakllanishi mumkin», — dedi u «Rossiya 1» telekanalida namoyish etilgan «Xavfli virus. Vaksinalar» filmida.
Maksyutovning aniqlik kiritishicha, agar odam koronavirusni og‘ir shaklda o‘tkazgan bo‘lsa, u holda unda yetarlicha immunitet shakllanadi va vaksinatsiyaga hojat qolmaydi. Bordi-yu, xastalik yengil yoki alomatsiz shaklda kechgan bo‘lsa, immunitet darajasi unchalik kuchli bo‘lmasligi mumkin. Shu bois COVID-19 profilaktikasi uchun emlanishiga to‘g‘ri keladi, deya izohladi «Vektor» bosh direktori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter