Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi vaksina Shimoliy Koreyaga kerak emasmi?

Koronavirusga qarshi vaksina Shimoliy Koreyaga kerak emasmi?

Foto: «Nikolay Gyngazov / Global Look Press»

KXDR hukumati mamlakatning xalqaro COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi bepul vaksinani olishga qarshilik ko‘rsatmoqda. Bu haqda «Amerika Ovozi» (Voice of America) yozmoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, Shimoliy Koreya bir necha oydan beri ta’minot bilan bog‘liq byurokratik muammolarni hal qilmaganligi sababli, amalda o‘zini preparatsiz qoldirdi. Xususan, rasmiylar ta’minot logistikasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning mamlakatga kirishiga ruxsat bermayapti.

Bundan tashqari, KXDR AstraZeneca vaksinasining nojo‘ya ta’sirlari kelib chiqqan holatlarda javobgarlikdan bosh tortish haqidagi hujjatni imzolashga tayyor emas. Shuningdek, Shimoliy Koreyada elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar mavjud. Preparatlarni saqlash uchun zarur sharoitga ega omborlar soni yetarli emas. Yordamdan esa rasmiylar bosh tortishmoqda.

Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat «katta inqiroz»ga duch kelgani, chunki u fuqarolarni koronavirusdan himoya qilish choralarini ko‘rmagani sababli o‘z vazifalariga beparvo munosabatda bo‘lganligi uchun partiya mansabdorlarini ishdan bo‘shatishiga to‘g‘ri kelganini aytgandi.

Shu bilan birga, hozirgi kunga qadar KXDRda birorta ham COVID-19 kasalligi qayd etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring