Koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini qanchaga sotib olishimiz mumkin?

Rossiyaning koronavirusga qarshi birinchi vaksinasi chet elga yetkazib beriladigan bo‘lsa, ikkita dozasining narxi 10 dollardan kam bo‘lmaydi. Bu haqda kuni kecha «R-Farm» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Aleksey Repik «Rossiya-24» telekanali efiri orqali ma’lum qildi.
«Agar eksport haqida gapiradigan bo‘lsak, vaksinaning ikkita dozasi, hisob-kitobimizga ko‘ra, 10 dollardan kam turmaydi, — dedi u. — Juda bo‘lmasa, vaksinaning dastlabki seriyalari ancha-muncha qimmat bo‘ladi».
Repikning ta’kidlashicha, vaksina sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlagandagina arzonlashishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter