Koronavirusga qarshi kurashuvchi yana bir tabiat tuhfasi aniqlandi
Hindistonda texnologiya instituti olimlari koronavirusdan qiynalayotgan bemorlarning ahvolini yaxshilashda yordam beradigan moddani axtarib 30 ta ziravorni o‘rganib chiqishdi. Buni qarangki, murch koronavirusda ham shifobaxsh xususiyatga ega ekan.
Ushbu mahsulot tarkibida piperin nomli modda mavjud. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu modda koronavirusning ko‘payishiga va virusning organizmga tushishiga javobgar zarralari bilan aloqaga kirishib, ularning faolligini susaytiradi.
Mualliflarning aniqlashicha, piperin miqdori murchning turiga bog‘liq. Ushbu modda, ayniqsa, Shri-Lanka murchida ko‘p (15%). Vetnam, Hindiston va Malayziya murchida 2 foizdan 7 foizgacha bor. Ammo piperin kislorod bilan aloqaga kirishganda parchalanib ketadi. Shu bois tuyilgan murch tarkibida ushbu modda deyarli qolmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter