Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi emlanmagan bo‘lsangiz, yaxshisi, u yoqqa bormaganingiz ma’qul

Koronavirusga qarshi emlanmagan bo‘lsangiz, yaxshisi, u yoqqa bormaganingiz ma’qul

Foto: «AP Photo/Ronald Zak»

Avstriya 15-noyabrdan yangi koronavirusga qarshi emlanmagan yoki kasal bo‘lmagan odamlar uchun lokdaun joriy qilmoqda. Bu haqda Avstriya kansleri Aleksandr Shallenberg ma’lum qildi. Bunday qaror koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyat fonida qabul qilindi, deb xabar beradi «TASS».

«To‘rtinchi to‘lqin bizni to‘liq kuch bilan qamrab oldi. Bugun biz ertaga, ya’ni dushanbadan boshlab Avstriyada emlanmaganlar uchun lokdaun joriy etishga qaror qildik. Bu 12 yoshdan oshgan odamlar uchun uydan chiqishni cheklashni nazarda tutadi. Ular faqat ayrim hollardagina yashash joyini tark etishi mumkin bo‘ladi», — dedi siyosatchi.

Xususan, emlanmagan fuqarolar o‘z uylarini faqat dorixona, supermarketga borish, muhtojlarga yordam berish, ishlash va sayr qilish uchun tark etishlari mumkin bo‘ladi. Lekin ular kiyim-kechak, mebel, sport anjomlari va boshqalarni sotadigan do‘konlarga kira olmaydilar.

8-noyabrdan boshlab emlanmagan yoki koronavirusga chalinmagan avstriyaliklar restoranlar, barlar, kafelar, massaj va go‘zallik salonlari, fitnes markazlari, kinoteatrlar, teatrlarga tashrif buyurishi va mehmonxonalarga kirishi mumkin emas.

Koronavirusning delta shtammi hozirda Avstriyada keng tarqalmoqda. Mamlakatda aholining qariyb 70 foizi — 5 milliondan ortiq kishi ixtiyoriy emlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring