Koronavirusga qarshi emlanmagan 3,3 ming shifokor ishdan chetlatildi
Kanada g‘arbidagi Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida koronavirusga qarshi emlanmagan 3,3 mingdan ortiq tibbiyot xodimi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda mintaqa sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib Global News telekanali xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Edrian Diksning so‘zlariga ko‘ra, provinsiyada sohaning 3325 nafar xodimi vaqtinchalik ish haqi to‘lanmasdan chetlatilgan. Shu munosabat bilan shifoxonalarda shoshilinch bo‘lmagan operatsiyalar qoldirildi.
Shuningdek, provinsiyada tibbiyot xodimlarining atigi 2,6 foizi COVID-19 ga qarshi emlanmaganligi aniqlangan. 122 ming tibbiyot xodimi emlashning to‘liq kursini yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter