Koronavirusga qarshi emlanish bo‘yicha vodiy peshqadam
24-aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 15 778 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi, deya xabar berdi SSV.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 544 529 nafarga yetdi.
24-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Surxondaryo viloyati (3161 nafar), Samarqand viloyati (2554 nafar), Namangan viloyati (2235 nafar) band qildi.
E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
Farg‘ona viloyatida 73 479 nafar,
Namangan viloyatida 58 995 nafar,
Samarqand viloyatida 54 054 nafar,
Andijon viloyatida 52 435 nafarni tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter