Koronavirusga chalingan ikki bemor vafot etdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashagan 49 yoshli Y.Q. (erkak) 15-19 iyul kunlari Respublika ichki ishlar vazirligi gospitalida davolangan. Unda «COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangach, respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
SSV xabariga ko‘ra, unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Shuningdek, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashagan 58 yoshli A.M. (ayol)da «COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, qandli diabet hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter