Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan tuzalganlar soni sezilarli ravishda oshdi

Koronavirusdan tuzalganlar soni sezilarli ravishda oshdi

Foto:«Xabar.uz»

Buxoro viloyatidan xushxabar keldi, 58 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. E’tiborli jihati, Buxoro viloyatida bugunning o‘zida 95 nafar bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, so‘nggi uch kun davomida: birinchi kun 96, ikkinchi kun 93, bugun esa 111 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 561 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring