Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni kechagi rekordga yaqinlashdi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni kechagi rekordga yaqinlashdi

Foto: Xabar.uz

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Bemorlarning 5 nafari erkak, 21 nafari ayollardir. Ularning 1 nafari xorijdan kelgan, qolgan 25 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi esa 21 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Hozirga qadar viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 47 nafarga yetdi.

Ahamiyatli jihati, kecha 96 nafar bemor, bugun esa, hozircha, 93 nafar bemor tuzalib, o‘tgan ikki kun ichida jami 189 nafar bemor butkul sog‘ayib chiqishdi.

Shunday qilib, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring